Jahon

Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun neytral maydon sifatida Shveysariya ko‘rilmoqda

Shveysariya hukumati Rossiya prezidentiga Zelenskiy bilan muzokara uchun kelgan taqdirda hibsga olinmasligiga kafolat berishini bildirdi.

Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun neytral maydon sifatida Shveysariya ko‘rilmoqda

Shveysariya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakatga kelib, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokara olib borishi uchun kafolati berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu esa amaldagi hibsga olish orderi ijro etilmasligini anglatadi deb yozadi Bild nashri.

 

Shveysariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassisning ta’kidlashicha, Federal kengash bunday holatlar uchun qoidalarni o‘tgan yili tasdiqlagan. Shu bois ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida Shveysariya ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Avvalroq Zelenskiy bir necha bor Putindan yuzma-yuz uchrashuvni talab qilgan edi. Unga ko‘ra, urushni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qaror faqat Rossiya rahbariga bog‘liq. Shu paytgacha Kreml bunga rozi bo‘lmagan, biroq vaziyat o‘zgarishi ehtimoli paydo bo‘lmoqda.

 

Vashingtonda Zelenskiy, AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevropa yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng, Putin ham Zelenskiy bilan bevosita muzokara qilishga tayyorligini bildirgan. Tramp ijtimoiy tarmoqlarda u allaqachon Putin bilan telefon orqali gaplashganini va ikki tomonlama uchrashuv tayyorlayotganini yozdi. Kreml ham Rossiya rahbari "ochiq" ekanini tasdiqladi.

 

Sammit ishtirokchilari muzokara Yevropada o‘tishi kerakligi borasida yakdil fikr bildirgan bo‘lsa-da, Putinning Yevropaga tashrifi unga nisbatan hibsga olish xavfi bilan bog‘liq.

 

Ma’lumot uchun, 2023-yil 17-martda Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin ustidan hibsga olish orderi chiqargan edi. Unga Ukrainadagi bosib olingan hududlardan bolalarni noqonuniy ravishda Rossiyaga olib o‘tishda ayblov qo‘yilgan. Bu harakat harbiy jinoyat sifatida baholanmoqda va sudda aybdor deb topilsa, umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Putin avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv uchun Alyaskaga hech qanday muammo­siz tashrif buyurgan, chunki AQSh Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmaydi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun neytral maydon sifatida Shveysariya ko‘rilmoqda | Zamon.uz