O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yetakchi tadbirkorlarni mukofotladi

So‘nggi 4–5 yil ichida 7,5 million aholi bandligi ta’minlandi, shu yil 3 milliondan ortiq ish o‘rni yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev yetakchi tadbirkorlarni mukofotladi

18-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan yetakchi tadbirkorlar fахriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

 

20-avgust kuni Yangi Toshkent shahrida tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Prezident yig‘ilganlarni Tadbirkorlar kuni va yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mutasaddilarni tadbirkorlarni tinglashga majbur qilishi natijasida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ishonch shakllangan. Bu esa jamiyatda tadbirkorlikka do‘stona muhit yaratgan.

 

Shavkat Mirziyoyev: “Biz tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratdik, ular davlat bilan birga ishlamoqda. So‘nggi 4–5 yil ichida 7,5 million aholi bandligi ta’minlandi, shu yilning o‘zida 3 milliondan ortiq ish o‘rni ochildi. Bularning barchasi investitsiya va biznes muhitini yaxshilash orqali amalga oshdi” deya ta’kidladi.

 

Prezident tadbirkorlar yoshlar, ayollar va qishloq aholisi bandligini oshirishda, kasb-hunar va tadbirkorlikni o‘rgatishda faol rol o‘ynayotganini ta’kidladi: “Yurtda tadbirkor va ishbilarmonlarning yangi avlodi shakllanishi – bu bizning katta boyligimiz. Har bir tadbirkor yuzlab odamni ish bilan ta’minlaydi, jamiyat hayotiga yangilik olib kiradi.

 

Marosim davomida davlat rahbari mukofotlarni tantanali topshirdi, mukofotlangan tadbirkorlar o‘z sohasida qo‘rsatgan natijalari uchun minnatdorlik bildirdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar ishtirok etdi.

custom img

Samarqandda hokimlar delegatsiyani “oilaviy safar”ga aylantirgani aniqlandi

Hokimni xotini, oʻgli, haydovchisi va boshqa umuman aloqasi boʻlmagan shaxslar xorijiy xizmat safariga yuborilgan.

custom img

Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilinadi

Asosiy yig‘ilish joyi Serahs shahri bo‘lib, diplomatik missiya xodimlari fuqarolarni kutib olib, xavfsiz tashishni ta’minlaydi.

custom img

Toshkentda narkolabiratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

Qidiruv davomida 49,9 kg sintetik narkotiklar va 48 litr prekursorlar topildi.

custom img

Kim Eron, kimlar AQSH-Isroil tomonda?

AQSh va Isroilning Eronga qilgan hujumi hali ham davom etmoqda. Urush yangi bosqichga kirdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Fors ko‘rfazi davlatlaridan evakuatsiya qilishni buyurdi

Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.

custom img

Toshkent va Namanganda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan bir nechta shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Prix Versailles O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazini 2026 yilning dunyodagi eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kiritdi

Markaz uchta oliy xalqaro unvonlaridan biriga da’vogar sifatida ham tan olindi.

custom img

Doha aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi

28-fevral kuni Qatar havo hududining vaqtincha yopilgani tufayli Toshkentga qaytayotgan 48 nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroportda qolib ketgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev yetakchi tadbirkorlarni mukofotladi