O'zbekiston

Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini keskin qisqartirdi

Go‘sht narxining oshishi va eksport cheklovlari bunga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini keskin qisqartirdi

Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatdan O‘zbekistonga qoramol eksporti besh baravar, qo‘y va echki sotuvi esa qariyb 10 baravar kamaygan. Joriy yilning olti oyida atigi 11 ming 227 bosh yirik shoxli qoramol eksport qilingan bo‘lsa, 2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 53 ming 429 boshni tashkil etgan.

 

Xuddi shu davr mobaynida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga 10 ming 270 bosh qo‘y va echki yetkazib berilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida bu raqam 112 ming 206 bosh bo‘lgan. Rasmiylar eksportning bunday keskin kamayishini ichki bozorni himoya qilish va narxlarni barqarorlashtirish choralari bilan izohlamoqda.

 

Qirg‘izistonda go‘sht narxi sezilarli darajada oshmoqda. 29-iyul holatiga ko‘ra, mamlakat bozorlarida 1 kilogramm mol yoki qo‘y go‘shti o‘rtacha 700 som, ya’ni qariyb 100 ming so‘mdan sotilgan. Hukumat narxlarni nazoratga olish, chorva mollarining noqonuniy chiqarilishini to‘xtatish va eksportga miqdoriy cheklovlar kiritish choralarini ko‘rmoqda.

 

O‘zbekistonda ham oxirgi bir yilda go‘sht narxi keskin oshdi — 32,9 foizgacha qimmatlash kuzatildi. Joriy yil iyul oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, eng qimmat mol go‘shti Farg‘ona viloyatida 109 ming 182 so‘mni tashkil qilmoqda, ayrim hududlarda esa suyakli go‘sht narxi 130–140 ming so‘mgacha yetgan. Shu bilan birga, yil oxirigacha Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki import qilinishi rejalashtirilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini keskin qisqartirdi | Zamon.uz