Qoraqalpog‘istonda er xotiniga pichoq ko‘tarib, “o‘ldiraman” deya tahdid qildi
Voqea rashk sabab yuzaga kelgani aytilmoqda.

22-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida oilaviy ziddiyat yuz berib, erkak turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Unda erkak ayolni sochidan tortib, pichoq bilan tahdid qilayotgani aks etgan.
Mazkur voqea jamoatchilikda keng rezonans uyg‘otdi. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga rashk sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan tezkor tergov harakatlari boshlangan bo‘lib, ish Respublika prokuraturasi nazoratiga olingan.
Mutasaddi idoralar qonuniy tartibda baho berilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.








