“Toshkent Index”da yong‘in sodir bo‘lmagan — FVB
Toshkentdagi yong‘in bo‘yicha maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan Indeks bozorida yong‘in bo‘lgani ayilgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:29 da Yangihayot tumani “Chortoq” MFY Rayhon ko‘chasida joylashgan qog‘ozni qayta ishlash sexi hududidagi ochiq maydonda qog‘oz chiqindilari va quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu yong‘in Indeks bozori hududida sodir bo‘lmagan.
Xabarga koְʼra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 13:33 da yetib borib, soat 13:52 da yong‘in o‘rab olingan hamda soat 14:16 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘inga Toshkent shahar FVBdan 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.







