O'zbekiston

Xorijga ishga borishni reklama qilgan blogerlarga sud ishi ochildi

Ular litsenziyasiz bevosita “ADWORLD” ni reklama qilgan.

Xorijga ishga borishni reklama qilgan blogerlarga sud ishi ochildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan xorijga viza olish va ishga yuborish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, @iwash_tashkent sahifasini yurituvchi bloger O. Jo‘rayev hamda @abdurahmonmufid sahifasini yurituvchi bloger A. Abdurahmonovlar tomonidan “ADWORLD GROUP” MCHJ faoliyatiga oid xorijga ishga yuborish xizmatlari reklama qilingani ma’lum bo‘ldi. Reklamalarda mazkur kompaniya fuqarolarga faqat konsultatsiya emas, balki bevosita ishga yuborish xizmatlarini taklif qilayotgani ta’kidlangan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan, O‘zbekiston hududidan tashqarida ishga joylashtirish xizmatlari faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyasiz bunday faoliyatni yuritish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida ham litsenziya yoki majburiy sertifikatga ega bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarni reklama qilish taqiqlangani belgilangan.

 

Ushbu qonun buzilishlari yuzasidan O. Jo‘rayev va A. Abdurahmonovlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorijga ishga borishni reklama qilgan blogerlarga sud ishi ochildi | Zamon.uz