Jahon

Daniyada kitob savdosi solig‘i bekor qilindi

Bu davlatga yiliga taxminan 44 million yevro zarar keltirsada, hukumat aholini ko‘proq kitob o‘qishga undamoqchi.

Daniyada kitob savdosi solig‘i bekor qilindi

Daniya hukumati aholini ko‘proq kitob o‘qishga rag‘batlantirish uchun kitob savdosidan 25 foizlik soliqni bekor qilishini e’lon qildi. Bu qadam kitobxonlikni oshirish va madaniy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar qildi.

 

Yangi soliq bekor qilinishi davlatga yiliga taxminan 330 million kron (44 million yevro) zarar keltirishi mumkin, ammo hukumat bu mablag‘ni mamlakat madaniy kelajagiga sarmoya sifatida ko‘rmoqda. Soliqning bekor qilinishi kitob narxini pasaytiradi va aholi, ayniqsa, o‘smirlar orasida kitobxonlikni oshirishga yordam beradi.

 

Bu qaror Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) e’lon qilgan xavotirli statistika so‘ng qabul qilindi. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, Daniyada 15 yoshli o‘smirlarning 24 foizi oddiy matnni tushuna olmaydi. Bu o‘n yil avvalgidan 4 foizga ko‘pdir.

 

Ekspertlar ta’kidlashicha, kitob solig‘ini bekor qilish mamlakatda bilim va madaniy rivojlanishni oshirishda muhim qadam hisoblanadi. Bu tashabbus kelgusi avlod kitobxonligini rag‘batlantirishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Daniyada kitob savdosi solig‘i bekor qilindi | Zamon.uz