O'zbekiston

“Ko‘proq maosh olmoqchi bo‘lsangiz, o‘qishingiz, mutaxassis bo‘lishingiz kerak” — Sirdaryo viloyati hokimi

Erkinjon Turdimov viloyatda ishchi kuchi yetarli bo‘lishiga qaramay, aholining ko‘pchiligi mavjud imkoniyatlardan foydalanmayotganini keskin tanqid qildi.

“Ko‘proq maosh olmoqchi bo‘lsangiz, o‘qishingiz, mutaxassis bo‘lishingiz kerak” — Sirdaryo viloyati hokimi

22-avgust kuni deputatlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Erkinjon Turdimovning aytishicha, Sirdaryoda boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq ish o‘rinlari mavjud. Ammo mahalla yettiliklari bu borada aholiga yetarlicha ma’lumot bermayotgani sababli, qo‘shni viloyatlardan kelgan ishchilar bo‘sh ish joylarini egallab bormoqda.


Hokimning ta’kidlashicha, ba’zi fuqarolar “uch million so‘mga ishlamaymiz” deya ish takliflaridan bosh tortmoqda.

 

“Saviyangiz uch millionlik bo‘lsa, boshqa pul bera olmaymiz. Ko‘proq olmoqchi bo‘lsangiz, o‘qishingiz, mutaxassis bo‘lishingiz kerak”, — dedi Turdimov.

 

U, shuningdek, faqat diplomga tayanib, lekin bilimga ega bo‘lmaganlarni tanqid qilib, bozor sharoitida haqiqiy malakaga ega bo‘lgan kadrlar ko‘proq maosh olayotganini qo‘shimcha qildi.


Turdimovning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda ko‘plab murojaatlar tushmoqda, ammo joylarga chiqib o‘rganilganda, murojaat qiluvchilarning katta qismi “boqimanda kayfiyatida” ekani ma’lum bo‘lmoqda.

 

“Kambag‘alda imkoniyat bo‘lmaydi, ishlay olmaydi — unga yordam qo‘lini cho‘zishimiz kerak. Lekin qo‘lidan ish kelib, ishlamaydigan odam — bu boqimanda. Uni boqimandalikdan chiqarishimiz kerak”, — dedi u.

 

Hokim, shuningdek, mahallalarda faol targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borib, ishchi kuchini safarbar qilish zarurligini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ko‘proq maosh olmoqchi bo‘lsangiz, o‘qishingiz, mutaxassis bo‘lishingiz kerak” — Sirdaryo viloyati hokimi | Zamon.uz