Shavkat Mirziyoyev san’at, ilm-fan, din va ta’lim sohasida fidoyi insonlarni mukofotladi
Turli sohalarda fidokorona mehnat qilgan insonlarga “Imom Buxoriy” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali va boshqa mukofotlar topshirildi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yuksak iste’dodi, ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:
"Oliy Darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan:
Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam o‘g‘li – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy.
"Imom Buxoriy" ordeni bilan:
Abdullayev Abdulhay Boltaboevich – O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti.
Abdullayev Xayrulla Ibodullayevich – Xorazm viloyati bosh imom-xatibi.
Alimov Mirzamaxsud Xatambekovich – Andijon viloyati bosh imom-xatibi.
Sayfutdinov Rahmatulla Xabibullayevich – Toshkent shahri Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi.
Yunusov Abduqahhor Rixsiboyevich – Toshkent shahri bosh imom-xatibi, Shayx Zayniddin jome masjidi imom-xatibi.
"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan:
Mirxadiev Karim Xusanovich – kino va teatr aktyori.
Rametova Saida Xodjiyevna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi.
Sayidov Tohir Samandarovich – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
"O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri" faxriy unvoni bilan:
Genjemuratov Baxtiyor Allambergenovich – yozuvchi va tarjimon.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan:
Ahmedova Zarina Ahmedovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navro‘z” ansambli badiiy rahbari, baletmeyster.
Berdiev Ilxombek Yuldashevich – O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori.
Paziljonov Jahongir Gayratovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
Ruzmetov Otabek Avazmatovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi balet raqqosi.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni bilan:
Bo‘taeva Farida Kuziyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir.
Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan:
Ermatov Husniddin Tohirovich – “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari bosh muharriri.
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Abdullayev Rejabboq Turaevich – “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z (Andijon viloyati).
Akbarov Abdulla Maxsutaliyevich – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri aktyori, badiiy so‘z ustasi (Farg‘ona viloyati).
Arzuova Nabiya – shoir (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
Baymuratova Irina Viktorovna – Angren shahridagi 21-maktab informatika fani o‘qituvchisi (Toshkent viloyati).
Barasheva Svetlana Muxtarovna – Samarqand viloyati rus drama teatri aktrisasi.
Begmatov Xayriddin Xoliqovich – yozuvchi (Samarqand viloyati).
Boynazarov Farhod Erkinovich – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori.
Borchaninov Kirill Valeryevich – Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri opera solisti.
"Sog‘lom turmush" medali bilan:
Abduvaitova Larisa Aminjanovna – 1-markaziy klinik shifoxona bosh hamshirasi.
Qutbiddinova Naima Abduqayimovna – “Yorqatoy” oilaviy shifokorlik punkti doyasi (Namangan viloyati).
Safarova Guljahon Safarovna – “Uzun” oilaviy shifokorlik punkti mudirasi (Samarqand viloyati).
"Shuhrat" medali bilan:
Abdullayev Ravshan O‘ktamovich – Jizzax viloyati, Yangiobod tumanidagi 3-maktab geografiya o‘qituvchisi.
Abdullayev Rasuljon Rustamjon o‘g‘li – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xor kapellasi xonandasi.
Abdurahimov Faxriddin Sodiqovich – MTRK “Mahalla” kanalida muharrir.
Absamatov Muxitdin Ismatovich – shoir.
Akramov Mahammadziyo Ravshanbek o‘g‘li – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
Ahmedova Nasiba Seydaxmetovna – “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, o‘yinchoq yasovchi usta (Toshkent shahri).
Baxromova Dilnoza Eshmirzayevna – Samarkand viloyati paralimpiya dzyudo murabbiyi.
Bekmetov Boltaboy – shoir va tarjimon (Xorazm viloyati).







