Jahon

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishning kunlik cheklovi joriy qilinadi

Tashabbus raqamli giyohvandlik va salomatlik muammolarini kamaytirishga qaratilgan.

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishning kunlik cheklovi joriy qilinadi

Yaponiyaning markaziy qismida joylashgan Toeake shahri aholiga kuniga ikki soatdan ortiq smartfondan foydalanmaslikni tavsiya qiluvchi tashabbus bilan chiqdi. Mazkur loyiha jarima yoki majburiy sanksiyalarni nazarda tutmaydi. U raqamli giyohvandlik va uning salomatlikka ta’sirini kamaytirishga qaratilgan, deb yozadi moya-planeta.ru.

 

Bolalar va oilalar agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlar ish kunlarida internetda besh soatdan ortiq vaqt sarflaydi. Shu sababli ikki soatlik chegarani tavsiya etish tashabbusi ilgari surildi. Cheklov uyqu, diqqatni jamlash va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olishni maqsad qilgan.

 

Loyiha doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha “komendantlik soati” ham taklif etilgan: soat 21:00 dan keyin, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun esa 22:00 dan keyin smartfonlardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.

 

Toeake meri Masafumi Koki mazkur cheklovlar majburiy emasligini, ammo smartfonlardan ortiqcha foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi. Yakuniy qaror kelasi hafta qabul qilinadi va agar loyiha tasdiqlansa, oktabr oyidan kuchga kiradi.

 

Biroq tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar ikki soatlik cheklovni haqiqatdan uzoq, film tomosha qilish yoki kitob o‘qish uchun ham yetarli emas deb hisoblamoqda. Boshqalar esa bunday qarorlar davlat emas, balki oilalarning ixtiyorida bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

 

Yaponiyada ilgari ham shunga o‘xshash tajribalar kuzatilgan. Xususan, 2020-yilda Kagava prefekturasi bolalar o‘yin vaqtini ish kunlarida kuniga bir soat, ta’til davrida esa 90 daqiqadan oshirmaslikni tavsiya qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiyada smartfonlardan foydalanishning kunlik cheklovi joriy qilinadi | Zamon.uz