Maktablarda o‘qish 2-sentyabrdan boshlanadi
Birinchi dars soatlarida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi.

Respublika bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2 sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
Maʼlumot uchun, yangi o‘quv yili litsey o‘quvchilari va OTMlarning 1-kurs talabalari uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurs talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.







