“Mening hibsga olinishim Fransiya politsiyasining xatosi”
Pavel Durov Parij politsiyasi faoliyatini tanqid qildi.

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘tgan yili Fransiyada hibsga olinishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xatosi tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil avgustiga qadar Fransiya politsiyasi na milliy, na Yevropa qonunlariga to‘liq amal qilgan. Ular Telegram’ga so‘rov yuborish uchun zarur bo‘lgan qonuniy tartibni buzgan, hatto bu tartibni Google orqali oson topish mumkin bo‘lganini ham e’tiborga olmagan.
Durov o‘sha paytda noma’lum shaxslar messenjer orqali jinoyatlarni muvofiqlashtirgani bahonasida to‘rt kun ushlab turilgan.
"Platforma foydalanuvchilarining harakatlari uchun uning bosh direktorini hibsga olish — huquqiy ham, mantiqiy jihatdan mutlaqo asossiz edi," — deya ta’kidladi u.
Durovning aytishicha, “g‘alati hibs”dan bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, u hanuz har ikki haftada Fransiyaga qaytishga majbur va apellyatsiya jarayoni hamon yakunlanmagan.
"Mening hibsga olinshishimning yagona oqibati — Fransiyaning erkin davlat sifatidagi obro‘siga putur yetishi bo‘ldi. Ammo bitta narsa aniq: biz kurashni davom ettiramiz va g‘alaba qozonamiz," — dedi Telegram asoschisi.







