O'zbekiston

Samarqandda 44 gektar maydonda Imom Buxoriy majmuasi bunyod etilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, ko‘rsatmalar berdi.

Samarqandda 44 gektar maydonda Imom Buxoriy majmuasi bunyod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. An’anaga ko‘ra, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilinib, Qur’on tilovat qilindi va duolar o‘qildi.

 

Davlatimiz rahbari ziyoratgoh hududida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Buyuk muhaddis bobomizga butun islom olamida bo‘lgan yuksak ehtiromni inobatga olib, bu yerda ziyoratchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ulkan majmua barpo etilmoqda.

 

Majmua umumiy 44 gektar maydonda bunyod etilib, muqaddas maqbara, 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, ma’muriy bino va 75 metr balandlikdagi minora inshootlari qad rostladi. Hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ayvon va peshtoqlarga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar naqsh etilmoqda.

 

Prezidentimiz ushbu maskan nafaqat ziyoratgoh, balki ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat o‘chog‘i bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Imom Buxoriyning ilmiy merosi yoshlar uchun buyuk namuna ekanligi alohida qayd etildi. Shu maqsadda yangi majmuada zamonaviy muzey tashkil qilinmoqda. Unda Imom Buxoriy hayoti, hadis ilmidagi ulkan merosi, shuningdek Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar tarixi, Muhammad (s.a.v.) shajarasi va muqaddas Makka hamda Madina hayotiga oid ma’lumotlar aks etadi.

 

Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish maskanlari ham qurilmoqda. Prezidentimiz ishlarni sifatli yakunlash, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulayliklar yaratish va majmua atrofida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.