O'zbekiston

Toshkent viloyatida eng yaxshi mehmonxonalar uchun 1 mln dollarlik tanlov joriy etiladi

Hozirda viloyatda 1015 ta oilaviy mehmon uylari va 51 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Toshkent viloyatida eng yaxshi mehmonxonalar uchun 1 mln dollarlik tanlov joriy etiladi

22-avgust kuni Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida viloyatning boy sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish, uning tabiiy, tarixiy va madaniy merosini yoritish, shuningdek, ichki va tashqi sayyohlar oqimini oshirish maqsadida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

 

Barchamizga ma’lumki Toshkent viloyati go‘zal tabiati, betakror va mazali taomlari, turfaxil dam olish maskanlari bilan yurtimizning turistik jozibadorligini oshirishda, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etishda o‘zining alohida o‘rniga ega.

 

Mazkur press-tur doirasida OAV vakillari Parkent, Bo‘stonliq va Ohangoron tumanlariga tashrif buyurib, ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar, turizm qishloqlari, mehmon uylari, barpo etilayotgan yangi turizm obyektlari, milliy hunarmandchilik markazlari, tarixiy va tabiiy maskanlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

Press-tur ishtirokchilari ushbu hududlarning sayyohlar uchun jozibador jihatlarini o‘rganib, o‘z OAV platformalari orqali keng ommaga yetkazishni, ijobiy imidj yaratish va viloyat turizm salohiyatini yoritishga xizmat qilishni maqsad qildilar. Matbuot vakillari bildirgan fikrlariga ko‘ra, Toshkent viloyati nafaqat poytaxt yaqinligi, balki boy tabiiy va madaniy resurslari bilan ham alohida e’tiborga loyiq.

 

Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish istiqbollari ham salmoqli. Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 1295 ta joylashtirish vositalari (12 348 xona, 30 972 o‘rin) mavjud bo‘lib, shundan, 51 ta mehmonxona, 76 ta dam olish zonalari, 1015 tasi oilaviy mehmon uylari, 109 tasi xostel, 44 tasi sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish obyektlari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 172 ta turistik korxonalar faoliyati tashkil etilgan.

 

Ayni paytda viloyatning bir nechta hududida yangi sayyohlik klasterlari, ekoturizm markazlari va agroturizm loyihalari ishlab chiqilmoqda. Bu esa nafaqat mehmonlar oqimini oshiradi, balki mahalliy aholi bandligini ta’minlash, iqtisodiy faollikni kuchaytirish hamda milliy madaniyatni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

 

Ta’kidlash joizki, amaldagi tartibga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilishi bo‘yicha kunlik me’yor 10 nafardan oshmasligi belgilangan. Endi bu cheklov 2 karraga ko‘paytiriladi.

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ma’lum qildi. Prezidentimiz mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari o‘rtasida tanlov o‘tkazishni taklif qildi. Tanlovning mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘ladi, sayyohlar e’tiborini qozongan, nufuzli xalqaro platformalarda eng ko‘p ijobiy e’tirof olgan mehmonxonalar har yili taqdirlanadi.

 

Ushbu press-tur nafaqat Toshkent viloyatining turizm salohiyatini OAV vakillari orqali keng yoritish, balki sohaga oid yangi tashabbus va yondashuvlarni amaliy jihatdan tatbiq etish uchun muhim platformaga aylandi. Viloyatning boy tabiati, qadimiy merosi va zamonaviy infratuzilmalari sayyohlikni rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. OAV vakillarining faol ishtiroki, davlat siyosatidagi islohotlar va xususiy sektorning faolligi esa Toshkent viloyatini mamlakatning eng yetakchi turistik markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida eng yaxshi mehmonxonalar uchun 1 mln dollarlik tanlov joriy etiladi | Zamon.uz