O'zbekiston

Toshkentda issiq suv tariflari oshirilmoqda

Yangi taʼriflar deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Toshkentda issiq suv tariflari oshirilmoqda

“Veolia Energy Tashkent” taklifiga ko‘ra poytaxtda issiq suv va issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari oshirilishi Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan maʼqullandi.

 

Kengashning 22 avgustdagi qaroriga ko‘ra, bazaviy tarif QQSsiz — 711 641 so‘m/Gkal, aholi uchun QQSsiz — 139 860 so‘m/Gkal, byudjet tashkilotlariga — 952 797 so‘m/Gkal, boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga — QQSsiz 342 296 so‘m/Gkal miqdorida narxlar (tariflar) qo‘llanilishi maʼqullandi.

 

Issiqlik va issiq suv taʼminoti xizmatlarining yangi chakana tarifi aholi uchun 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Endilikda ushbu hujjatni shahar hokimi Shavkat Umurzoqov imzolashi kerak.

 

Maʼlumot uchun, “Veolia Energy Tashkent” tariflarni 2025 yil 1 oktyabrdan oshirishni taklif qilgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda issiq suv tariflari oshirilmoqda | Zamon.uz