Xitoyda shifokorlar qizchaning boshidan 15 sm uzunlikdagi pichoqni olib tashlashdi
Hozirda qizchaning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Xitoyning janubiy hududida shifokorlar kichkina qizchaning boshiga tasodifan tiqilib qolgan 15 santimetr uzunlikdagi oshxona pichog‘ini muvaffaqiyatli olib tashlashdi.
South China Morning Post xabariga ko‘ra, hodisa 15-avgust kuni yuz bergan. Internetda tarqalgan videoda ona uch yoshli qizi bilan kasalxonaga yugurib borayotgani aks etgan.
Onaning so‘zlariga ko‘ra, u choyshabni almashtirayotgan paytda yaqin atrofda yotgan pichoq tasodifan uchib ketib, qizchaning boshiga tiqilib qolgan.
Biroq keyinchalik kasalxona xodimlaridan biri onaning pichoqni aslida qizini qo‘rqitish uchun qo‘lga olgani, biroq tasodifan uni boshiga sanchib olganini aytib bergan.
Shifokorlar pichoqni tezkor operatsiya orqali olib tashlashgan. Qizcha hozirda kasalxonada davolanmoqda va uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Politsiya hodisani rasmiy ravishda baxtsiz hodisa deb baholab, jinoyat alomatlarini topmagan. Mutaxassislarning aytishicha, bolalarning kalla suyagi nisbatan yumshoq bo‘lgani uchun pichoq hayot uchun xavfli darajada chuqur kirmagan.







