Jahon

Aliyev Donald Trampning sovg‘asi uchun minnatdorlik bildirdi

Tramp tarixiy fotosuratlarni imzo va iliq so‘zlar bilan taqdim etgan.

Aliyev Donald Trampning sovg‘asi uchun minnatdorlik bildirdi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev AQSh prezidenti Donald Trampdan shaxsiy sovg‘a qabul qilib olgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

 

Aliyevning ta’kidlashicha, Tramp unga tarixiy fotosuratlarni shaxsiy imzosi hamda iliq so‘zlari bilan taqdim etgan. Ozarbayjon rahbari ushbu sovg‘ani yuksak qadrlab, Trampga minnatdorlik izhor etdi.

 

“Prezident Donald Trampga o‘zining shaxsiy imzosi bilan menga sovg‘a qilgan tarixiy suratlari va ularga yozilgan samimiy so‘zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish hamda Janubiy Kavkaz va butun dunyoda tinchlikni ta’minlash kun tartibini qat’iy qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik bildiraman”, — dedi Aliyev.

 

Ma’lumot uchun, Donald Tramp Ilhom Aliyevga yuborgan suratlaridan biriga shaxsiy yozuv ham qoldirgan. Unda shunday deyilgan: “Sen buyuk yo‘lboshchisan”.

 

Ozarbayjon Prezidenti bu sovg‘ani ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ramzi sifatida baholab, Trampga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Aliyev Donald Trampning sovg‘asi uchun minnatdorlik bildirdi | Zamon.uz