Endi har bir mahallada futbol maydoni quriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Joriy yil 1 oktyabrdan mahallalarda “Har bir mahallaga — futbol maydoni” dasturi joriy etiladi. Bu haqida Prezident qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Dastur doirasida mahallalardagi bo‘sh turgan davlat obyektlari (yer maydonlari) futbol maydonlari qurilishi uchun foydalaniladi.
Kamida 10 yil davomida ushbu maydonlardan faqat futbol maydonlari sifatida foydalanishga ruxsat etilishi belgilangan.
Shu bilan birga, bo‘sh yer maydonlari onlayn-auksion orqali sotuvga qo‘yiladi.







