Ilon Mask Apple va OpenAI‘ni sudga berdi
U milliardlab dollar kompensatsiya talab qilmoqda.

Bloomberg xabariga ko‘ra, amerikalik milliarder Ilon Maskning X va xAI kompaniyalari Apple‘ning ChatGPT‘ni iPhone‘larga yagona integratsiyalangan chat-bot sifatida joriy etish qaroriga qarshi sud daʼvosi kiritdi.
Maskning huquqshunoslari bu qaror raqobatni susaytirayotgani, sunʼiy intellekt sohasidagi innovatsiyalarni cheklayotgani va foydalanuvchilar tanlov imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarayotganini taʼkidladi. Daʼvo doirasida milliardlab dollar kompensatsiya talab qilinmoqda.
OpenAI vakili bu holatni “Maskning doimiy bosim siyosatining bir qismi” sifatida baholadi. Apple esa hozircha izoh bermadi.







