O'zbekiston

Mo‘ynoqdagi gaz otilib chiqqan quduq bir oydan so‘ng jilovlandi

Quduq turli baxtsiz hodisalar va talafotlarsiz jilovlangan.

Mo‘ynoqdagi gaz otilib chiqqan quduq bir oydan so‘ng jilovlandi

26-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq maydonidagi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yangi, loyihaviy chuqurligi 5000 metr bo‘lgan 1-son izlov qudug‘ida to‘satdan gaz otilib chiqqandi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib, ayni paytda gaz qudug‘i muvaffaqiyatli jilovlanganini bildirdi.

 

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan gaz otqinini bartaraf etish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan kechayu-kunduz ish olib boruvchi tezkor shtab tashkil qilingan.

 

Maxsus shtab tomonidan gaz otqinini bartaraf etishga qaratilgan tezkor “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va ishlar bosqichma-bosqich hamkor tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilgan.

 

Bugungi kun holatiga ko‘ra, “Yo‘l xaritasi”dagi barcha ishlar muvaffaqiyatli bajarilib, quduqni boshqarish imkoni yaratilgan. Quduq turli baxtsiz hodisalar va talafotlarsiz jilovlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mo‘ynoqdagi gaz otilib chiqqan quduq bir oydan so‘ng jilovlandi | Zamon.uz