Olmaota aeroportida erkak o‘zini yoqib yubordi
Bunga uning rafiqasi bilan shaxsiy mojarosi sabab bo‘lgan.

Kecha, 25 avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota aeroporti terminalida erkak o‘zini yoqib yuborishga urindi. Bu haqida mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa soat 22:06 da Olmaota aeroportining T-1 terminalidagi kassa yonida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bunga uning rafiqasi bilan shaxsiy mojarosi sabab bo‘lgan.
Aeroport xavfsizlik xizmati va politsiya xodimlari yong‘inni o‘chirib, erkakning hayotini saqlab qolishgan. Shundan so‘ng u tez tibbiy yordam mashinasida shahar shifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan transport politsiyasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha sabablari va holatlari aniqlanmoqda.







