O'zbekiston

Toshkentda tibbiyot chiqindilaridan elektr ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi

Zavod kuniga 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.

Toshkentda tibbiyot chiqindilaridan elektr ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan “Nol chiqindi” tamoyiliga ko‘ra “Tibbiyot chiqindilaridan muqobiol issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyohasini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2024 yil 17 iyuldagi 263-son qarori ijrosi yuzasidan AQSH ning “Sayar” kompaniyasi tomonidan tibbiyot chiqindilarini yoqish orqali muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi respublikadagi ilk zavod faoliyatini boshladi.

 

2024 yil 13 aprelda investor loyiha kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi investitsiya shartnomasi imzolangan edi. Bugungi kunda Toshkent shahar Chilonzor tuman 16-son shahar kasalxonasidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanib insenerator uskunalari olib kelindi va ilk zavod o‘z faoliyatini boshladi.

 

Ayni paytda zavodda kuniga 3 tonna tibbiyot chiqindisi yoqilib bartaraf etilmoqda. Zavod kuniga, 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.

 

Bu kabi chiqindilarni utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan navbatdagi zavodlarning qurilishi Toshkent shahar Olmazor tuman Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hamda Toshkent tuman Pediatriya tibbiyot instituti, SamPi tibbiyot muassasalarida davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda tibbiyot chiqindilaridan elektr ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi | Zamon.uz