Tramp: G‘azo mojarosi ikki-uch hafta ichida hal qilinishi mumkin
AQSh prezidenti mojaroni bartaraf etishda ijobiy xulosa yaqin orada bo‘lishiga ishonishini qayd etdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida davom etayotgan mojaro qisqa muddatda hal etilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda Janubiy Koreya Respublikasi yangi saylangan Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlar savollariga javob berar ekan aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyat ming yillar davomida davom etib kelayotgan tarixiy ziddiyatlarga borib taqaladi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti kelgusi ikki-uch hafta ichida muammoni bartaraf etish yo‘lida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ta’kidladi.
“O‘ylaymanki, yaqin ikki-uch hafta ichida biz mojaro bo‘yicha yaxshi xulosaga kelamiz. Bu haqda gapirish mushkul, chunki bu hudud asrlar davomida keskinlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan”, — dedi Tramp.
Uning qayd etishicha, AQSh Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonida faol ishtirok etishda davom etadi va mintaqada barqarorlikni ta’minlashni ustuvor maqsad sifatida ko‘radi. Tramp shuningdek, yangi saylangan Janubiy Koreya prezidenti bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ham xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va global muammolarni muhokama qilganini qayd etdi.







