Jahon

Turkiyada 13 yoshli o'zbekistonlik bola opasining sevgilisini pichoqladi

Voqea oqibatida yigit og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Turkiyada 13 yoshli o'zbekistonlik bola opasining sevgilisini pichoqladi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola og‘ir jinoyat sodir etdi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 13 yoshli S.T. ismli bola opasining sevgilisi — 26 yoshli Muhammad O‘.ga uy oldida pichoq bilan zarba bergan. Voqea 22 avgust kuni kechki soat 21:30 da o‘zbekistonliklar ko‘p yashaydigan Oqsaroy mavzesida sodir bo‘lgan.

 

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Muhammad O‘. va sevgilisining ukasi o‘rtasida janjal chiqqan. Mojaro tezda janjalga aylanib, bola qo‘lidagi pichoq bilan yigitning chap ko‘krak qismiga zarba bergan. Og‘ir jarohat olgan Muhammad O‘. tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar uning ahvoli jiddiy ekanini ma’lum qilishgan.

 

 

Voqea yuz bergan zahoti S.T. voqea joyidan yashiringan, biroq oradan ko‘p o‘tmay, politsiya uni yaqin atrofdagi bog‘dan qo‘lga olgan.

 

 

Politsiya hozirda hodisa bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bu kabi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sud jarayonlari alohida tartibda ko‘rib chiqiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Turkiyada 13 yoshli o'zbekistonlik bola opasining sevgilisini pichoqladi | Zamon.uz