Jahon

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashini sudga berdi

Da’voda YeI sanksiyalarni OAVdagi maqolalarga asoslab, tadbirkorning sha’ni va obro‘siga zarar yetkazgani aytilmoqda.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashini sudga berdi

Taniqli tadbirkor Alisher Usmonovning huquqiy himoyasi Yevropa Ittifoqi (YeI) Kengashiga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Da’vo mazmuniga ko‘ra, YeI tomonidan 2022-yilda tadbirkorga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarga asoslangan bo‘lib, bu uning sha’ni va obro‘siga zarar yetkazgan.

 

Euronews ma’lumotiga ko‘ra, Usmonov manfaatlarini himoya qilayotgan media huquqshunos Yoaxim Shtaynxofel sanksiyalarni “tuhmatga asoslangan” deb baholagan va YeI Kengashini qonuniy asoslarni e’tiborsiz qoldirishda ayblagan.

 

“Yevropa Ittifoqi Kengashi janob Usmonovning shaxsiy huquqlarini poymol qilmoqda va uning obro‘siga putur yetkazmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili amal qiladigan jamiyatda hech kim qonundan ustun bo‘lishi mumkin emas – na davlat, na xalqaro tashkilot”, – dedi Shtaynxofel RBK nashriga.

 

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov USM xoldingi asoschisi bo‘lib, uning tarkibiga Metalloinvest, Megafon kabi yirik kompaniyalar kiradi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 16,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Usmonovning advokatlari ta’kidlashicha, YeI Kengashi tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishda Forbes va boshqa nashrlarda chop etilgan materiallardan foydalanib, ularning to‘g‘riligini tekshirmagan. Shu bilan birga, tadbirkor ushbu maqolalarga qarshi bir necha sud jarayonida g‘alaba qozongan. Jumladan, Forbes nashriga qarshi sud qarorida Usmonovning Vladimir Putinning “yaqin odami” yoki “biznes muammolarini hal qiluvchi shaxs” sifatida ko‘rsatilishi yolg‘on deb topilgan va bunday bayonotlarni tarqatish taqiqlangan.

 

Shtaynxofelning bildirishicha, YeI Kengashi bu kabi maqolalarni so‘zma-so‘z ko‘chirib, tekshirmasdan sanksiya asosiga aylantirgani “qonuniy jihatdan asossiz”.

 

Tadbirkorning o‘zi ham sanksiyalar uning xalqaro obro‘siga katta zarar yetkazganini bildirgan. U o‘zini “oligarx” deb atash noto‘g‘ri ekanini, chunki u Rossiyadagi xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaganini va davlat yordami olmaganini qayd etgan.

 

Euronews ta’kidlashicha, mazkur jarayon YeI Kengashiga qarshi tuhmat bo‘yicha ko‘tarilgan birinchi da’vo bo‘lishi mumkin. Dastlab da’vo Gamburg sudida kiritilgan, biroq YeI Kengashining diplomatik daxlsizligi tufayli qabul qilinmagan edi. Endilikda advokat Germaniyaning Karlsrue Federal sudiga murojaat qilgan.

 

Da’vo mazmuni sanksiyalar ro‘yxatini bekor qilishga emas, balki YeI tomonidan tarqatilgan tuhmatga oid ma’lumotlarni rad etishga qaratilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashini sudga berdi | Zamon.uz