Jahon

Janubiy Koreya maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqladi

Qonun smartfonlarga qaramlikni kamaytirish, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning salomatligini himoya qilishga qaratilgan.

Janubiy Koreya maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqladi

Janubiy Koreya parlamenti dars jarayonida mobil telefon va smartfonlardan foydalanishni cheklovchi qonunni qabul qildi. Yangi tartib 2026-yil mart oyidan kuchga kiradi.

 

Qonunga muvofiq, o‘quvchilar dars vaqtida smartfon ishlata olmaydi, biroq nogironligi bo‘lgan yoki maxsus ta’limga ehtiyoj sezadigan bolalar uchun istisno holatlar belgilangan. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ham telefonlardan foydalanishga ruxsat beriladi.

 

Hujjatga ko‘ra, o‘qituvchilarga telefonlardan foydalanishni faqat dars vaqtida emas, balki maktab hududida ham kengroq darajada taqiqlash vakolati beriladi. Shu bilan birga, maktablar o‘quvchilarga raqamli texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ta’lim berishga majburdir.

 

Janubiy Koreya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi orasida mobil qurilmalardan ortiqcha foydalanish darajasi 25 foizni tashkil etadi. 10–19 yosh oralig‘idagi o‘smirlar orasida esa bu ko‘rsatkich 43 foizga yetgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, smartfonlarga qaramlik o‘quvchilarning diqqatini jamlash, ijtimoiy munosabatlar va akademik natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Koreya o‘qituvchilari tashkilotlarining o‘tkazgan so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, pedagoglarning qariyb 70 foizi sinfda smartfonlar ta’lim jarayonini buzayotganidan shikoyat qilgan. Shu sababli qonun o‘qituvchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “kuchliroq huquqiy asos” sifatida qaralmoqda.

 

Janubiy Koreya shu tariqa Fransiya, Italiya, Gollandiya va Xitoy kabi davlatlar qatorida maktablarda smartfonlardan foydalanishga qat’iy cheklovlar joriy etgan mamlakatlar safidan joy oldi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreya maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqladi | Zamon.uz