O'zbekiston

“O‘zbekistonga tashrif buyurish haqidagi orzuyim amalga oshganidan chin dildan xursandman”

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi O‘zbekistonga keldi.

“O‘zbekistonga tashrif buyurish haqidagi orzuyim amalga oshganidan chin dildan xursandman”

Bugun Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi. Rasmiy uchrashuv Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tdi.

 

Tashrif doirasida Ivaya Takeshi Samarqand shahriga ham borib, nafaqat shaharning boy madaniy merosi, balki uning iqtisodiy salohiyati, kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari va yapon kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar bilan ham tanishdi. “Yurtingizga tashrif buyurish bo‘yicha bir necha yillik orzuim amalga oshganidan chin dildan xursandman”, dedi vazir.

 

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ta’lim, IT, transport, konchilik va “yashil” energetika kabi sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, kimyo sanoati va energetika bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Strategik dialog bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. Ushbu hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, siyosatdan tortib iqtisodiyot va xalqaro aloqalargacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.