Toshkentda 4 ta mashina avariyaga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri jarohatlangan.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 26 avgust kuni soat 14:30 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida ZEEKR, Matiz, VAZ-2105 va Nexia-2 rusumli transport vvositalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida ZEEKR avtomashinasi haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







