O'zbekiston

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar qildi.

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJga tegishli manzilda tashkil etilgan yashirin tsexda qonunga xilof tarzda qalbaki dori vositalari tayyorlanishi va shahar dorixonalari orqali sotilishi ma’lum bo‘ldi.

 

Tekshiruv davomida ushbu manzildan jami 11 dona dori ishlab chiqarish stanoklari, 21 dona dori tayyorlashda kerak bo‘ladigan qoliplar hamda umumiy og‘irligi 389 kg bo‘lgan kukun va tabletkalar, “Raikal” nomli pnevmatik qurol va boshqa narsalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Shuningdek, MChJga tegishli ikkinchi manzilda ham yashirin tsex mavjud bo‘lib, undan dori vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan qolip va uskunalar, bo‘sh dori kapsulalari, qutilari, yo‘riqnomalar, kukun ko‘rinishidagi xom-ashyoar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” DM ekspertiza xulosasiga ko‘ra, yashirin tsexda “Ursosan 250 mg”, “Neyromidin 20 mg”, “Fanigan” dori vositalari qalbakilashtirilgan.

 

Tadbir mantiqiy davom ettirilib, mazkur tsexda ishlab chiqarilayotgan dorilarni sotish bilan shug‘ullanuvchi va “Fanigan” dori vositasini qalbakilashtirish bo‘yicha buyurtma berib, 130 kg ushbu dorining substansiyalarini keltirib bergan shaxsning dorixonasi ham ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, ushbu dorixonadan “Fanigan”, “Azimak”, “Siprolet” kabi 15 turdagi 1.067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar aniqlandi.

 

Hozirda noqonuniy tsex tashkilotchilarining 3 nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.