O‘zbekistonda xorijiy yuk avtomobillari uchun tariflar pasaytirildi
Marshrutni kelishish va ruxsatnoma berish bo‘yicha ham yangi to‘lovlar belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston hududida harakatlanuvchi og‘ir va yirik o‘lchamli xorijiy transport vositalari uchun to‘lov miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Endi transport vositasining haqiqiy massasi ruxsat etilgan chegaradan oshib ketganda, har bir kilometr uchun quyidagi tariflar amal qiladi:
-
0–5 t — BHMning 0,08%
-
5–10 t — 0,12%
-
10–15 t — 0,24%
-
15–20 t — 0,42%
-
20–25 t — 0,63%
-
25–30 t — 0,97%
-
30–35 t — 1,39%
-
35–40 t — 1,94%
-
40–45 t — 2,66%
-
45–50 t — 3,59%
-
50 t dan ortiq — 4,22%
Shuningdek, og‘ir va yirik o‘lchamli transport vositalari harakatlanishi uchun arizalarni ko‘rib chiqish, marshrutni kelishish va ruxsatnoma berish bo‘yicha ham yangi to‘lovlar belgilandi:
-
100 km gacha — BHMning 54% (avval $25 edi),
-
har bir keyingi kilometr uchun — BHMning 0,24% (avval $0,11 edi).







