O'zbekiston

Toshkent metropolitenida kassirlik lavozimi bekor qilinadi

Ishdan bo‘shatilgan xodimlar boshqa kasblarga o‘qitiladi.

Toshkent metropolitenida kassirlik lavozimi bekor qilinadi

“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. 2025-yil oxiriga qadar barcha bekatlarda chiptalarni naqd yoki elektron shaklda xarid qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan terminallar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

Mazkur yangilanish natijasida kassirlik lavozimi bosqichma-bosqich qisqartirilib, keyinchalik butunlay bekor qilinadi. Shu munosabat bilan, metropoliten ma’muriyati o‘z xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kasbiy qayta tayyorlash dasturlariga jalb etmoqda.

 

Xodimlarga buxgalteriya hisobi, tikuvchilik, qandolatchilik va boshqa sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslari taklif qilinmoqda. Ushbu o‘quv kurslarining barcha xarajatlari “Toshkent metropoliteni” tomonidan qoplab beriladi.

 

Metropoliten rahbariyati mazkur islohot nafaqat yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishini, balki xodimlarga yangi kasb egallash orqali kelgusida munosib faoliyat yuritish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent metropolitenida kassirlik lavozimi bekor qilinadi | Zamon.uz