O'zbekiston

Toshkent va Qashqadaryoda yirik narkoguruhlar faoliyati fosh etildi

DXX mazkur holat bo‘yicha Zamon.uz’ni xabardor qildi.

Toshkent va Qashqadaryoda yirik narkoguruhlar faoliyati fosh etildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati odimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi qo‘lga olindi.

 

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasida narkoguruh tashkilotchilari tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra, Toshkent tumaniga borib, muqaddam narkokuryerlar tomonidan dala maydonidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg 300 gr “alfa-PVP” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

 

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash va tergovga jalb qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z akasining nomida bo‘lgan, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 20 sotix yer maydonida juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirish bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur yer maydonidan jami 247 tup kannabis o‘simligi va 27 kg 708 gr marihuana ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bo‘ka-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida yashovchi, 1970-yilda tug'ilgan, sobiq ichki ishlar xodimi boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

 

Avtotransport vositasi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda – 1975-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi va Bo‘ka tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs ketayotganligi ma’lum bo‘lib, mashinaning orqa o‘rindig‘i ortida 979 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari bo‘lgan Bekobod tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan va 2001-yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ushlanib, ulardan ham 437 gr “gashish” moddasi olindi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiobod MFYda istiqomat qiluvchi, 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs va “Birlik” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olinib, ulardan 976 gr marihuana olindi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Qashqadaryoda yirik narkoguruhlar faoliyati fosh etildi | Zamon.uz