O'zbekiston

“Ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi”

Prezident Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etdi.

“Ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi”

Bugun, 29 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yig‘ildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

 

Vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Elga osh tortildi.

 

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Shu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish, mustaqillik va tinchlikni qadrlash haqida muloqot bo‘ldi.

 

– Har yili Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan ota-bobolarimiz haqlariga duo qilamiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun kurashgan qahramon ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Maʼlumki, o‘sha mashʼum yillarda 100 mingdan ziyod begunoh vatandoshimiz qatag‘on qilingan. Minglab yurtdoshlarimiz “xalq dushmani” degan nohaq ayblov bilan otib tashlangan, undan ham ko‘pi surgun qilingan. Ularning ortidan minglab ayollar beva, bolalar yetim bo‘lib qolgan. Oradan qariyb bir asr o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha mudhish davrni chuqur iztirob bilan esga olamiz.

 

Bular bugungi erkin hayotimizni yana-da qadrlashga, mustaqillikni mustahkamlashga undashi taʼkidlandi.

 

– Vatanimiz fidoyilarini ulug‘lash, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – So‘nggi sakkiz yilda 1 ming 200 dan ziyod jafokash bobolarimiz nomi oqlandi.  “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruksiya qilinib, minglab yangi hujjatlar bilan to‘ldirildi. Hududlarda ham shunday muzeylar tashkil etildi. Bu yil jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlayapmiz. Buxoro shahrida Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil qilinmoqda.

 

Endi bularning mazmunini, “tirik” tariximizni xalqimizga kengroq yetkazish kerak.

 

Mana, o‘tgan yildan eʼtiboran, har yili oktyabrning birinchi haftasini Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgiladik. Bu yil ushbu tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida o‘tkaziladi. Xo‘sh, bu haftalikda xalqimizga nimalarni yetkazamiz, yoshlarimizga nimani o‘rgatamiz? Tarixchi olimlar, yozuvchi-shoirlar bilan birga buni chuqurroq o‘ylab,  xalqchil, ommabop qilib yo‘lga qo‘yish kerak. Maktab va universitetlarda qo‘shimcha darslar, telekanallarda maxsus ko‘rsatuvlar berish, yoshlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish mumkin. Mustaqillik qanday buyuk neʼmat ekanini, qanday kuchli ajdodlarimiz borligini elning qon-qoniga singdirish kerak. Agar yoshlarimiz ruhan kuchli bo‘lsa, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi, fanlarniyam yaxshi o‘rganadi, yetuk shaxslar bo‘lib yetishadi.

 

Bu borada millat oydinlari hayotini o‘rganish g‘oyat muhim ekani taʼkidlandi.

 

– Jadid bobolarimiz har sohada ilg‘or edi. Birinchi o‘zbek romani, teatr va kino asarlari, turli fanlar bo‘yicha darsliklarni aynan ular yaratgan. O‘tgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar qatag‘on qilinmaganida, butun jamiyatni o‘zgartirardi. Bor tariximizni to‘g‘ri yetkaza olsak, yoshlarimiz boshqa qahramon izlamaydi, yetuk bobolarimiz buning uchun tayyor namuna, – dedi Prezident.

 

Bunday maʼnaviy asos umummilliy birlik va barqarorlik uchun ham zarur. Bugun dunyodagi vaziyat tahlikali bo‘lib boryapti. Davlatlarning mustaqilligiga tahdidlar paydo bo‘lyapti. Bularning barchasi bizdan doimo ogoh va hamjihat bo‘lib, islohotlarni izchil davom ettirishni talab qiladi.

 

Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, yurtimiz tinch, odamlar ertangi kunga ishonch bilan yashayapti. Bu – eng katta boyligimiz.

 

Ulamolar yurtimizdagi shu tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka barqaror bo‘lishini tilab duolar qilishdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi” | Zamon.uz