O'zbekiston

“Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz tasodifiy tanlov emas”

Shavkat Mirziyoyev maqolasi  Xitoyning China Daily nashrida chop etildi. Unda prezident SHHT haqida to‘xtalgan.

“Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz tasodifiy tanlov emas”

Shanxay hamkorlik tashkilotning 2025-yildagi sammiti arafasida Xitoyning China Daily nashrida Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va SHHT: umumiy tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” nomli maqolasi e'lon qilindi. Unda davlat rahbari O‘zbekistonning ushbu tashkilotdagi ishtiroki tasodifiy tanlov bo‘lmaganini bildirdi. 

 

“SHHT — O‘zbekiston uchun nafaqat tashqi siyosiy maydon, balki milliy manfaatlarni amalga oshirish instrumentidir. Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz — tasodifiy tanlov emas, bu – strategik jihatdan puxta o‘ylangan, mamlakatimizning xavfsizligini, iqtisodiy o‘sishi va barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan qarordir”, deyiladi prezident maqolasida.

​

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston Shanxay tashkilotining kelajagini iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, “yashil” tashabbuslarni ilgari surish, raqamli transformatsiya, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ko‘pqirrali va samarali platforma sifatida ko‘radi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, SHHT tashkil etilgan davrdan boshlab o‘zaro ishonch, o‘zaro foyda, turli sivilizatsiyalarga hurmat va birgalikdagi taraqqiyotga intilishga asoslangan “Shanxay ruhi”ni qaror toptirdi va izchil oldinga siljitmoqda. Tashkilot, pul tikmasdan o‘ynash va sivilizatsiyalar to‘qnashuviga xos fikrlash tarzini yengib o‘tib, “eskirgan sovuq urush” konsepsiyasidan to‘liq voz kechdi.

 

SHHT qo‘shilmaslik, qarama-qarshilikka bormaslik va uchinchi tarafga qarshi harakat qilmaslik g‘oyalarini faol ilgari surmoqda va hayotga joriy etmoqda. Ushbu birlashma katta-kichik davlatlarning to‘laqonli tengligi, konstruktiv maslahatlashuvlar orqali murosaga erishish, shuningdek, muloqot va hamkorlik yo‘li bilan tinchlikka ko‘maklashish tarafdori bo‘lib maydonga chiqmoqda. Tashkilotning joziba kuchi va qudrati aynan shunda mujassamdir.

 

SHHT, o‘zaro uyg‘unlikda, birgalikda yashash va o‘zaro foydali hamkorlik g‘oyalarining yashashga qodir ekanini namoyon etgan holda, turli siyosiy tizimga, tarixiy-madaniy an’analar va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan davlatlarni muvaffaqiyatli ravishda birlashtirib kelayotgani ko‘ptomonlama hamkorlik imkoniyatlari ortib borayotganining dalilidir. 

 

Bugungi kunda SHHTning “katta oilasi” 10 ta a’zo davlatni, 2 ta kuzatuvchi va 14 ta muloqot bo‘yicha sherik mamlakatni birlashtiradi, Osiyo, Yevropa va Afrikadagi bepoyon makonni qamrab oladi. SHHTga a’zo mamlakatlarning umumiy hududi Yevrosiyo makonining 60 foizdan ham ko‘pini, aholisi esa sayyoramizning taxminan 42 foiz aholisini tashkil etadi. Tashkilotga a’zo davlatlarning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi qariyb  25 foizdan iboratdir. BMT Xavfsizlik kengashining ikkita doimiy a’zosi va “Yigirmatalik guruhi”ga kiradigan 5 ta mamlakat – Hindiston, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, shuningdek, BRIKS birlashmasining 5 ta a’zosi – Hindiston, Eron, Xitoy, BAA va Rossiya SHHT “oilasi”da faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

“Shu tariqa SHHTning zamonaviy qiyofasi nafaqat uning Yevrosiyo makonidagi keng geografiyasini, balki unga a’zo davlatlarning ko‘pqutbli yangi dunyoni shakllantirishdagi roli tobora ortib borayotgan global jarayonlar bilan o‘zaro kuchli bog‘liqligini ham ko‘zgudek aks ettiradi. Tashkilot faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yillar davomida xavfsizlikdan boshlab iqtisodiyot, madaniyat va barqaror taraqqiyotgacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi yo‘nalishlarni qamrab oladigan 60 dan ortiq xalqaro shartnomalar va 40 dan ziyod ishchi mexanizmlarni o‘zida mujassam etgan mustahkam institutsional asosga ega bo‘lgani – uning o‘sib borayotgan hamkorlik salohiyatining yana bir muhim omiliga aylandi”, deyiladi maqolada.

 

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, SHHT doimo harakatda, uning tadrijiy rivojlanish salohiyati bitmas-tuganmasdir. Konseptual dastur va strategiyalar, shuningdek, SHHT doirasidagi tarmoqlar bo‘yicha hamkorlikning yangi mexanizm va shakllari savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik jihatdan bir-birini to‘ldirish, mamlakatlarimizning “yashil” va raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda. Xalq diplomatiyasi, madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashuvlar, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini faol ilgari surish orqali “Shanxay ruhi”ni ifoda etishga yo‘naltirilgan noyob gumanitar loyihalar tufayli Tashkilotimiz ich-ichidan yanada jips va kuchli bo‘lib bormoqda.

 

“Bizning bosh maqsadimiz – xalqaro vaziyatni keskinlashtirish emas, balki tinchlikka asoslangan kun tartibini namoyon etish, umuminsoniy muammolarni hal etish uchun SHHT imkoniyatlaridan foydalanishdan iborat”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

 

Maqolada davlat rahbari SHHT mexanizmlarini isloh qilish, hamda barcha davlatlar manfaatlari va zamonaviy chaqiriqlarni inobatga olgan holda uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish taklifini ham ilgari surdi. Shavkat Mirziyoyevning ta‘kidlashicha, O‘zbekistonning maqsadi — mintaqaviy jarayonlarda ishtirok etish bilangina cheklanmay, balki o‘zaro ishonch va manfaat asosida umumiy kelajakni faol qurishdir.

 

 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz tasodifiy tanlov emas” | Zamon.uz