O'zbekiston

“Bu yerga keladigan mehmonlar o‘ziga katta maʼnaviy quvvat oladi”

Prezident Islom Sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

“Bu yerga keladigan mehmonlar o‘ziga katta maʼnaviy quvvat oladi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Islom Sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, so‘nggi pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

Mahobatli inshoot qadimgi meʼmoriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg‘unligi unga alohida ko‘rk bag‘ishlagan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.

 

Markazning eng asosiy qismida Qurʼoni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining maʼnaviy durdonasi – qadimiy Usmon Musʼhafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lyozma Qurʼonlardan namunalar ham o‘rin oladi.

 

Prezidentimiz ushbu zaldagi so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘rib, mutasaddilarga o‘z tavsiyalarini berdi.

 

Markazda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. Bu yerda turli xalqaro uchrashuvlar anjumanlar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan, eng so‘nggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlangan.

 

– O‘zbekiston ulug‘ tarixga ega. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ular bilan dunyo hamjamiyatini xabardor qilishda ushbu markazning o‘rni beqiyos bo‘lishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” kabi bo‘limlar tashkil etiladi. Mazkur davrlar tarixi turli ashyolar, qo‘lyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida maʼlumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom maʼrifatiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritilgan.

 

Ayni vaqtda majmuada Bibixonim, Xonzodabegim, Gavharshodbegim, Gulbadanbegim, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin kabi tariximizda chuqur iz qoldirgan mashhur ayollarning ilm-maʼrifat homiysi sifatidagi faoliyati ham o‘z ifodasini topgan.

 

Markazda ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning o‘tkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi taʼkidlandi. Buning uchun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-maʼrifiy tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topiladi.

 

Davlatimiz rahbari markazdagi bunyodkorlikni yuqori baholab, uning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, maʼno-mazmunini boyitib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

– Sakkiz yil davomida bu yerda katta mehnat qilindi. Shunday salobatli va chuqur mazmunli markaz qurdik. Bu yerga keladigan mehmonlar xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimiz bilim va tafakkuriga tan beradi, o‘ziga katta maʼnaviy quvvat oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezidentimiz markazga tutash hududda barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari bilan ham tanishdi. Bu kelgusida turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bu yerga keladigan mehmonlar o‘ziga katta maʼnaviy quvvat oladi” | Zamon.uz