O'zbekiston

Dam olish kunlari O‘zbekistonda salqin havo kutilmoqda

Harorat kechalari asta-sekin 13-15 darajagacha pasayadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda salqin havo kutilmoqda

Ertadan boshlab respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.

 

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 30 avgustda 31-36 daraja, 31 avgust va 1 sentyabrda 28-33 darajani tashkil etadi.

 

Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli bo‘ladi, 1 sentyabrga kelib, harorat kechasi 13-16 darajagacha pasayadi.

 

Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.

 

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1 sentyabrda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda havo bulutsiz bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-31 avgustda 10-14 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Bugun kunduzi harorat 37-39 daraja, shanba kuni 34-36 daraja, yakshanba va dushanba kunlari 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asta-sekin 13-15 darajagacha pasayadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda salqin havo kutilmoqda | Zamon.uz