O'zbekiston

Metroda kassa xodimlari ommaviy ishdan bo‘shatilyaptimi?

Toshkent metropoliteni tarmoqda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Metroda kassa xodimlari ommaviy ishdan bo‘shatilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosi bekatlarida kassa xodimlari ommaviy ishdan bo‘shatilishi aytilgan xabarlar tarqalgandi. Toshkent metropoliteni bunga rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda yo‘lovchilar tomonidan bir martalik chiptalarga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi. Ayrim bekatlarning bittadan vestibyullaridagi kassalar yopilib, uning o‘rniga avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatildi. 

 

Shuningdek, yo‘l haqini undirishning shaffofligini va to‘laqonligini taʼminlash maqsadida ATTO kompaniyasi tomonidan jamoat transportlarida hamda Toshkent metropoliteni bekatlarida elektron to‘lov tizimlari joriy etilgan.

 

Bugungi kunda metropolitenning 23 bekatida yo‘l haqini naqd pulda to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga 24 ta QR-kodli chipta chiqarib beruvchi infokiskalar o‘rnatilgan. Bir marotabalik QR-kodli chiptaning narxi metropoliten kassalarida ham, infokioskalarda ham 3 000 so‘m etib belgilangan bo‘lib, agar yo‘lovchi tomonidan 5 ming, 10 ming yoki undan yuqori bo‘lgan kupyuralar kiritilganda, qolgan mablag‘ fuqaroning mobil raqamining hisob raqamiga qaytim sifatida tashlab beriladi. Joriy yilning yakuniga qadar metropolitenning barcha bekatlariga 200 ta infokiosklar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

“Metropolitenda avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilishi sababli qisqarishga tushgan xodimlar uchun belgilangan tartibda to‘rt oylik lavozim ish haqqi miqdorida kompensatsiya va nafaqalar to‘lab beriladi. Bundan tashqari, lavozimi qisqartirilayotgan xodimlarni kelgusida ish bilan taʼminlash maqsadida buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlardagi kurslarida o‘qishi uchun xarajatlar “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan to‘lab beriladi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Metroda kassa xodimlari ommaviy ishdan bo‘shatilyaptimi? | Zamon.uz