O'zbekiston

NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda

Shuningdek, NNTlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganligi uchun javobgarligi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda

Joriy yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

 

Maqsad - ijtimoiy-iqtisodiy sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining erkinligi kafolatlarini mustahkamlash hamda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini aniq belgilash.

 

O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida NNTlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda, shuningdek, NNTlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganligi uchun javobgarligi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

 

Jumladan:

 

– qonunchiligimizda birinchi marotaba NNTning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun (1978-modda) 2,8 mln so‘mdan 6,1 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda.

 

– jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni belgilangan muddatda ko‘rib chiqmaganlik uchun (1987-modda) davlat organlari mansabdor shaxslariga 1,2 mln so‘mdan 2 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda;

 

– NNT faoliyatini amalga oshirish tartibini buzish bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar o‘rtacha chorak qismga kamaytirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda | Zamon.uz