O'zbekiston

Qamchiqda dahshatli avariya: uch kishi halok bo‘ldi

Yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qamchiqda dahshatli avariya: uch kishi halok bo‘ldi

Kecha, 28 avgust kuni Qamchiq dovonida odam o‘limi bilan bog‘liq ikkita yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida Namangan viloyati IIB YHXB xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Vodiy-Toshkent yo‘nalishida Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilib, YTH sodir etgan.  

 

Natijada Lacetti yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan vafot etgan. 2-yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur hududda soat 08:39 larda ham Cobalt boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga va yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk mashinasiga borib urilgan.

 

Hodisa oqibatida Cobaltda bo‘lgan ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.

 

Har ikki holat yuzasidan Pop tuman IIB TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qamchiqda dahshatli avariya: uch kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz