O'zbekiston

Surxondaryoda 4 nafar o‘smirning bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi

Termiz, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlarida o'smirlar uylaridan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Surxondaryoda 4 nafar o‘smirning bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi

Surxondaryo viloyatida bir necha nafar yosh fuqarolarning bedarak yo‘qolgani bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

 

2006-yilda tug‘ilgan, Termiz shahri Shifokor mahallasida yashovchi Xasanova Dilshoda Yusuf qizi 2025-yil 28-avgust kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketgan va hozirgacha qaytib kelmagan.

 

2007-yilda tug‘ilgan, Qumqo‘rg‘on tumani “Jaloyir” mahallasida yashovchi Mamadaminova Jasmina Turdimurod qizi ham 28-avgust kuni uyidan chiqib ketib, hozirda uning qayerdaligi noma’lum.

 

2005-yilda tug‘ilgan, Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasida yashovchi Eshmo‘minov Asadbek Eshmurod o‘g‘li esa 7-avgust kuni yashash manzilidan chiqib ketgan va qaytmagan.

 

Shuningdek, 15 yoshli, Muzrobod tumani “Oriyot” mahallasida yashovchi Ro‘zimurodova Jasmina 24-avgust kuni uyidan chiqqanidan so‘ng bedarak yo‘qolgan.

 

Huquq-tartibot idoralari fuqarolardan ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, darhol “102” qisqa raqamiga yoki ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishni so‘raydi.

 

Qidiruvda yordam bergan fuqarolar 2 million so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ma’lumot taqdim etgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanishi kafolatlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda 4 nafar o‘smirning bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi | Zamon.uz