O'zbekiston

Toshkentda tadbirkor va olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Muloqotda xalqaro moliya institutlari, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar hamda 240 nafar mutaxassis qatnashdi.

Toshkentda tadbirkor va olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari universitetida suv xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlar bilan ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar va ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ochiq muloqot (uchrashuv) o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu tadbir Davlatimiz Rahbarining joriy yilning 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan V ochiq muloqoti davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

 

Ochiq muloqotda Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xalqaro moliya tashkilotlari va suv tejovchi sug‘orish tizimlari va butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi va quruvchi korxonalar hamda suv xo‘jaligi tashkilotlaridan jami 240 nafar mutaxassislar ishtirok etmoqda.

 

Shuningdek, tadbirda xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI), Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi, BMT taraqqiyot dasturi (UNDP), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakolatxonasi (KOICA) va boshqa xalqaro muassasalar vakillari ham qatnashmoqda.

 

Ochiq muloqot doirasida oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalari namoyishi o‘tkazilmoqda.

 

Jumladan, Toshkent irrigatsiya universiteti 50 ta, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutidan 20 ta, "SUVMASH" AJ 10 ta, suv tejovchi sug‘orish tizimlari va butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi va quruvchi korxonalar 50 ta hamda boshqa muassasalar 50 ta ishlanmalarini ko‘rgazmaga olib kelgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda tadbirkor va olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi | Zamon.uz