O'zbekiston

Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi

Prezident yo‘lni ko‘zdan kechirib, uni zamonaviy standartlar asosida tashkil etilganiga eʼtibor qaratdi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

 

Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va transportlar harakatiga qulaylik yaratish – muntazam jarayon. Bu, ayniqsa, aholi soni oshib, hududi kengayib borayotgan Toshkent uchun dolzarb masala. 

 

Xususan, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida istirohat bog‘i, uy-joylar, universitet va Olimpiya shaharchasi qurildi. Bu ko‘cha kelgusida Yangi Toshkent shahriga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri bo‘ladi. 

 

Shu bois, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bo‘lgan yerosti avtomobil yo‘li barpo etildi. U soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega.

 

Tunnelning usti yashil hududga aylantirilib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan Olimpiya shaharchasi o‘rtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi.

 

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda loyihalashtirilgan metro yo‘li uchun tunnel va bekat ham qurildi. 

 

Aytish joizki, yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir loyihada ekologik jihatlar alohida inobatga olinadi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘li mashinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilg‘i iqtisod qilinishiga va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayishiga sabab bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbari yerosti avtomobil yo‘lining zamonaviy standartlar asosida tashkil etilganiga eʼtibor qaratdi. Bu kabi ravon yo‘llar xalqimizga qulaylik yaratib, turizm rivojiga hissa qo‘shishi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi | Zamon.uz