AQSh Falastin rasmiylari uchun viza berishni bekor qildi
Davlat departamenti qarorni ushbu tashkilotlarning majburiyatlarni bajarmagani va tinchlik jarayoniga putur yetkazgani bilan asoslab berdi.

AQSh ma’muriyati Falastin vakillariga BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun viza bermaslik qarorini qabul qildi.
Davlat departamenti bayonotida qayd etilishicha, qonunchilik talablari asosida Davlat kotibi Marko Rubio Falastin Ozodlik Tashkiloti hamda Falastin Milliy Maʼmuriyati aʼzolariga vizalar berishni to‘xtatgan.
Vashington ushbu qarorni mazkur tashkilotlarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajar magani va tinchlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgani bilan izohladi. Shu bilan birga, AQSh faqat Falastin Milliy Maʼmuriyatining BMTdagi doimiy missiyasi xodimlariga istisno tariqasida viza berilishini ma’lum qildi.







