O'zbekiston

Buddaviylar ibodatxonasi, sayyidlar qabristoni va qadimiy chillaxona: Termizning diqqatga sazovor 5 ta lokatsiyasi

Agar dam olish kunlari qayerga sayohat qilishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Termizning mashhur 5 ta nuqtasini tavsiya qilamiz.

Buddaviylar ibodatxonasi, sayyidlar qabristoni va qadimiy chillaxona: Termizning diqqatga sazovor 5 ta lokatsiyasi

O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 30 avgustdan 1-sentyabrgacha dam olish kunlari eʼlon qilindi.

 

Ushbu dam olish kunlarini qayerda mazmunli vaqt o‘tkazish mumkin? Agar siz tarixiy yodgorliklar va ziyoratgohlarni ko‘rishga qiziqsangiz, Surxondaryo viloyati aynan siz uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.

 

Maʼlumki, Surxondaryo viloyati tog‘ va ekoturizm bilan ajralib turadi. Mintaqada tabiiy landshaftning ajoyib go‘zalligini namoyon qiladigan g‘orlar, massivlar va daralarni ko‘rish mumkin. 

 

Termiz shahriga tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz kerak bo‘lgan Beshta diqqatga sazovor manzilni tavsiya qilamiz:

 

1. Qirqqiz qalʼasi

 

 

 

Termiz shahrida joylashgan bu qadimiy inshoot IX–X asrlarda qurilgan. Hozirda uning faqat xarobalari saqlanib qolgan bo‘lsada, ming yillardan keyin ham qalʼa o‘zining tarixiy ulug‘vorligini eslatib turadi. Tarixchilar bu bino dastlab zodagonlar saroyi, xonaqoh yoki karvonsaroy bo‘lgan, deb taxmin qilsada, ko‘pchilik u Ko‘hna Termizning mudofaa qalʼasi sifatida xizmat qilgan, degan fikrda.

 

 

2. Sulton Saodat majmuasi

 

 

 

Sulton Saodat — Termiz sayyidlari dafn etilgan muqaddas majmua. IX asrda shakllangan Termiz sayyidlari sulolasi bu hududning rivojiga katta hissa qo‘shgan. XII asrda qurilgan asosiy maqbaralar yoniga XV–XVII asrlarda yangi inshootlar qo‘shilgan. Uzun hovli ikki tomonida joylashgan gumbazli zallar ushbu majmuaga alohida go‘zallik bag‘ishlaydi.

 

 

3. Hakim At-Termiziy majmuasi

 

 

 

Musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh sanaladigan bu majmua Eski Termizning chekkasida joylashgan. Bu yerda buyuk islom allomasi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim At-Termiziy — xalq orasida “Termiz otasi” nomi bilan mashhur zot dafn etilgan. Majmua hududida qadimiy chillaxonalar, Eski Termiz xarobalari va shahar muzeyi ham joylashgan bo‘lib, tarix va madaniyatni chuqurroq his etish imkonini beradi.

 

 

4. Jahon savdo bozori

 

 

 

Surxondaryodagi “Jahon bozori” O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan yirik qo‘shma savdo hududidir. 120 gektarlik maydonga ega bo‘lgan bu bozor hududida 500 dan ortiq do‘kon faoliyat yuritadi. Afg‘onistonlik tadbirkorlar vizasiz tarzda 15 kungacha bozor hududida qolib, savdo-sotiq qilish imkoniyatiga ega. Ushbu bozor nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, balki hududning eksport salohiyatini oshirish uchun ham katta imkoniyat yaratmoqda.

 

 

5. Fayoztepa buddaviylar ibodatxonasi

 

 

 

Termiz yaqinidagi Fayoztepa qadimiy buddaviylik yodgorliklaridan biridir. U I–III asrlarda Kushon imperiyasi davrida qurilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng muhim tarixiy-diniy meros obidalaridan hisoblanadi. Ibodatxonada o‘sha davrdagi diniy hayot, ibodatlar va madaniy marosimlarning izlarini his qilish mumkin.

 

Surxondaryoga sayohat qilib, tarix, tabiat va madaniyat uyg‘unligini bir vaqtning o‘zida his qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bayram kunlarida bu maskan siz uchun unutilmas sayohat manziliga aylanishi shubhasiz.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.