O'zbekiston

Jizzaxda otasi kaltaklagan opa-uka bolalar uyiga joylashtirildi

Shuningdek, bolalarning onasini xorijdan qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Jizzaxda otasi kaltaklagan opa-uka bolalar uyiga joylashtirildi

Avvalroq Jizzax viloyatida ota o‘z bolalarini ayovsiz kaltaklagani va buning ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, hozirda jabrlangan bolalar oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan ushbu hodisa ortidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari hamda tegishli mutasaddilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Voyaga yetmaganlar birinchi navbatda Birlamchi ko‘mak markaziga joylashtirilgan va ular to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tibbiy xulosalarga ko‘ra, bolalarning salomatligi qoniqarli holatda ekani aniqlangan.

 

“Voyaga yetmaganlar bilan Sharof Rashidov tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari tomonidan zarur psixologik yordamlar ko‘rsatildi. Hozirgi paytda mazkur voyaga yetmaganlar bolalar oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan. Bolalarning kundalik nazorati taʼminlanib, ular to‘liq davlat himoyasi ostiga olindi”, deyiladi xabarda.

 

Aniqlanishicha, ayni paytda bolalarining onasi xorijda ishlayapti va hozirda uni O‘zbekistonga qaytarish  choralari ko‘rilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jizzaxda otasi kaltaklagan opa-uka bolalar uyiga joylashtirildi | Zamon.uz