Marhum Rustam Qosimov orden bilan mukofotlandi
Bu bo‘yicha davlat rahbarining farmoni eʼlon qilindi.

Mamlakat mustaqilligini va uning maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, o‘zining katta bilim va salohiyati, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan yurtimizda sog‘liqni saqlash, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, diplomatiya, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan ulkan hissasi, jamiyatda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatgan jonbozligi hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taniqli davlat va jamoat arbobi, olim va pedagog, marhum Qosimov Rustam Sobirovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Maʼlumot uchun, Rustam Qosimov 1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida o‘qib, mehnat faoliyatini Toshkent suv xo‘jaligi institutida arab tili tarjimonligidan boshlagan. Ko‘p yillar oliy taʼlim sohasida turli vazifalarda ishlagan.







