Portugaliya prezidenti Trampni “rus agenti” sifatida tanqid qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra Trampning siyosati Rossiya manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Sousa AQShning hozirgi tashqi siyosati va Donald Tramp rahbarligidagi qarashlarni tanqid qildi. Unga ko‘ra, Trampning Oq uyga qaytishi ortidan AQSh Moskva-Kiyev mojarosida xolis hakamlik rolidan chiqib, Rossiya manfaatlariga yaqinlashmoqda.
De Sousaning ta’kidlashicha, Trampning siyosati Ukraina va Yevropani jarayondan chetda qoldirib, faqat “bir tomon” bilan muzokara olib borishga qaratilgan. Prezident, shuningdek, Trampni “sovet yoki rus agentiga o‘xshash tarzda harakat qilmoqda” deya keskin baholadi.
Shu bilan birga, u Trampni “yangi uslubda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar bilan muloqot qiladigan siyosiy yetakchi” sifatida ham ta’rifladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari ham Trampning Rossiya bilan aloqalari borligi haqidagi taxminlar OAVda keng muhokama qilingan, biroq bunday gumonlarni tasdiqlovchi dalillar topilmagan.







