O'zbekiston

Qashqadaryoda 12 yoshli qiz boshiga temir tirgak tushib ketishi oqibatida halok bo'ldi

Xavfsizlik qoidalari buzilishi oqibatida qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan temir tirgak qulab tushgan.

Qashqadaryoda 12 yoshli qiz boshiga temir tirgak tushib ketishi oqibatida halok bo'ldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 26-avgust kuni fojeali hodisa yuz berdi. “Oqtepa” mahallasidagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy majmuasidan temir tirgak qulab tushib, “Orzu” bozori hududida bo‘lgan 12 yoshli qizning boshiga tekkan. Qiz voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Zamon.uz ga Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, “Sanoat Maxkom” MChJga qarashli qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilgan. Shu sababli binoning 10-qavatidan tushgan temir tirgak voyaga yetmagan M.U. ismli qizning boshiga tushgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida qizning bosh miyasiga qon quyilishi, bosh suyagining parchalangan sinishlari, chap o‘mrov suyagining sinishi va o‘pkalariga qon ketishi oqibatida vafot etgani qayd etilgan.

 

Hodisa bo‘yicha sud kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlandi, shuningdek, Qashqadaryo viloyati Bandlik boshqarmasidan mutaxassislar jalb etildi. Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda 12 yoshli qiz boshiga temir tirgak tushib ketishi oqibatida halok bo'ldi | Zamon.uz