O'zbekiston

“Tashabbus budjeti”da yangi tartib: 50 foiz mablag‘ni aholi to‘lasa, loyiha avtomatik g‘olib bo‘ladi

“Tashabbus byudjeti” ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi.

“Tashabbus budjeti”da yangi tartib: 50 foiz mablag‘ni aholi to‘lasa, loyiha avtomatik g‘olib bo‘ladi

2026-yildan boshlab “Tashabbus byudjeti” doirasida ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishda yangi tartib joriy etiladi. Yangi mexanizmga ko‘ra, agar tashabbuskorlar loyiha qiymatining yarmiga teng mablag‘ni o‘z hisobidan qoplasa, qolgan 50 foizi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday tashabbuslar ovoz berish jarayonisiz g‘olib deb topiladi va darhol amalga oshiriladi.

 

Prezident qarorida qayd etilishicha, bu yangilik fuqarolar va davlat hamkorligida mahalliy muammolarni tezroq hal etishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, Oliy Majlis deputatlariga qo‘shimcha imkoniyatlar beriladi: ular yil davomida ovoz yig‘a olmagan ikki loyihani tanlab, har biriga 3,3 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tashabbuslar ham avtomatik ravishda g‘olib hisoblanadi.

 

Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida Ochiq byudjet portalida maxsus reestr va g‘olib loyihalar xaritasi yaratiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Tashabbus budjeti”da yangi tartib: 50 foiz mablag‘ni aholi to‘lasa, loyiha avtomatik g‘olib bo‘ladi | Zamon.uz