O'zbekiston

Toshkentda ota 3 farzandi uchun 150 ming dollar alimentni oldindan to‘ladi

Uchtepalik erkak farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanadigan alimentni bir yo‘la to‘lab berdi.

Toshkentda ota 3 farzandi uchun 150 ming dollar alimentni oldindan to‘ladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi erkak 3 nafar farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini bir yo‘la to‘ladi. Majburiy ijro byurosi (MIB) Toshkent shahar boshqarmasining ma’lum qilishicha, to‘lov miqdori qariyb 150 ming AQSH dollarini tashkil etgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud qaroriga binoan, erkak har oy ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismini aliment sifatida to‘lab borishi kerak edi. Biroq u ijro bo‘limiga murojaat qilib, farzandlarining voyaga yetishiga qadar to‘lanadigan jami summani hisoblab berishni so‘ragan.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan 2040 yil 2 fevralga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy aliment miqdori 1 milliard 847 million 413 ming so‘mni tashkil etgan. 29-avgust kuni ota ushbu mablag‘ni 150 000 AQSH dollari ko‘rinishida bir yo‘la to‘lab, ijro ishini yakunladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Uchtepa tumanida yana bir ota 2,4 milliard so‘mlik alimentni oldindan to‘lagani xabar qilingan edi. Shuningdek, Nukus shahrida bir fuqaro farzandi uchun 2,2 milliard so‘mlik alimentni bir kunda to‘lab, rekord o‘rnatgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ota 3 farzandi uchun 150 ming dollar alimentni oldindan to‘ladi | Zamon.uz